Urganch davlat universiteti "Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi" kafedrasi dotsenti E.I.Samandarov Toshkent davlat jahon tillari universiteti professori D.Yo,Yormetova bilan hammualliflikda "Fan va texnologiyalar" nashriyotida UO'K:502,3(075), KBK 20.1ya7 raqami bilan ro'yxatga olingan "Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish" darsligini chop qilishdi.
Mazkur darslikda Respublikada ekologik siyosatning shakllanishi, ekologik omillar, ekologik tizimlar, populyatsiyalar ekologiyasi, biosfera haqida ta'limot, sanoatdagi ekologik jarayonlar, atrof-muhitni tozalash usullari, atrof-muhitning ifloslanish darajasi va boshqa mavzular tasdiqlangan o'quv dasturiga muvofiq kiritilgan.