Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti jamoasi "Besh tashabbus olimpiadasi" sport musobaqasida faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi


Buxoro viloyatida oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining Respublika final bosqichida Urganch davlat universiteti terma jamoasi Xorazm viloyati sharafini munosib himoya qilib, faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi.

Ushbu qizg'in va murosasiz kechgan musobaqa jarayonlarida talabalarimiz va ularning murabbiylarining faol ishtiroki uchun Urganch davlat universiteti jamoasi nomidan chuqur minnatdorchilik izhor qilamiz va ushbu g'alaba bilan samimiy qutlaymiz.

Ofarin, biz Sizlar bilan faxrlanamiz!

urdu.uz, Urganch davlat universiteti jamoasi "Besh tashabbus olimpiadasi" sport musobaqasida faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi

Ulashish: