Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

Urganch davlat universiteti dala tajriba maydonida "Ustozlar bog'i" yaratildi

Bugun, 6-noyabr kuni Urganch davlat universitetining Urganch tumanida joylashgan dala tajriba maydonida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi mavsumda koʻchat ekish yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminarda universitet rahbariyati, professor-o'qituvchilar, xodimlar va Agronomiya, Mevachilik, Uzumchilik, Sabzavotchilik yoʻnalishlarining koʻngilli talaba-yoshlari ishtirok etdi. Unda soha mutaxassislari koʻchat ekish usullari haqida tushuntirishlar berdi.

Soʻngra, ushbu hududda “Ustozlar bogʻi” yaratish borasida UrDU rektori Baxrom Abdullayev suhbat olib bordi. Universitet jamoasi ushbu xayrli tashabbusni qoʻllab-quvvatladi. Ekilgan nihollar keng quloch yoyib, mevasi xalqimiz dasturxonidan joy olishi uchun qoʻllar duoga ochildi.

Hozirda 1.5 gektar yer maydoniga 2000 tup olxoʻri koʻchatlari ekish ishlar olib borilmoqda. 

urdu.uz, Urganch davlat universiteti dala tajriba maydonida "Ustozlar bog'i" yaratildi

Ulashish: