Joriy yil 27-28-dekabr kunlari "1-yanvar-Yangi yil" bayramiga bagʻishlab, universitet Kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar ishtirokida Voleybol boʻyicha “Universitet birinchiligi” musobaqalari tashkil qilindi. Bayram
munosabati bilan o`tkazilgan ushbu musoboqada universitetning barcha professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlari faol qatnashdi.
Musobaqa natijalariga ko`ra ayollar oʻrtasida:
Oliy o'rin: Sport va san'at fakulteti jamoasi;
1-oʻrin: Xorijiy filologiya fakulteti jamoasi;
2-oʻrin: Ijtimoiy -iqtisodiy fanlar fakulteti jamoasi;
3-oʻrin: Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakulteti jamoasi.
Erkaklar oʻrtasida:
Oliy o'rin: Universitet terma jamoasi;
1-oʻrin: Fizika-matematika fakulteti jamoasi;
2-oʻrin Pedagogika fakulteti jamoasi;
3-oʻrin Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakulteti jamoasi.
“1-yanvar- Yangi yil” bayramiga bagʻishlangan voleybol musobaqasida O`zbek filologiyasi fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi O`zbek tilshunosligi kafedrasi va Adabiyotshunoslik kafedralari hamjihatlikda musobaqada faol ishtirok etdilar va gʻoliblar qatorida UrDU
Kasaba uyushma qoʻmitasining qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar.