Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmon loyihasi va uning mazmun-mohiyati yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Bugun, 7-fevral kuni “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmon loyihasi va uning mazmun-mohiyati yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev, “Tarix” kafedrasi dotsenti D.Atayeva hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi bo’lim boshlig’i M.Rahmonovlar ishtirok etib, talaba-yoshlarga farmon loyihasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish yuzasidan maʼruza qildilar.

Loyihada oliy taʼlimga qamrab olish darajasini kengaytirish, oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, oliy taʼlim muassasalarida oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni qayta ko’rib chiqish, oʻquv dasturlarini jahonning nufuzli universitetlari namunasi asosida takomillashtirish kabi qator vazifalar xususida talabalarga batafsil maʼlumotlar berildi.

Ulashish: