Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Ogahiy tavalludining 214 yilligi munosabati bilan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi


Joriy yilning 14-dekabr kuni Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida O'zbek filologiyasi fakulteti tomonidan Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li Ogahiy tavalludining 214 yilligi munosabati bilan "Ogahiy ijodini tadqiq etishning dolzarb masalalari" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman hamda Ogahiyning keyingi yillarda nashr etilgan kitoblari taqdimoti bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, O'zbek filologiyasi fakulteti professor-o'qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

Dastlab fakultet dekani, prof.D.G'ayipov shoir, tarjimon, tarixchi olim Ogahiy tavalludining 214 yilligi munosabati bilan tashkil qilingan ilmiy-amaliy anjumanning mazmun-mohiyati, Ogahiyning o'zbek adabiyotida tutgan o'rni, sermahsul ijodi, shoir asarlarining keyingi yillardagi nashri va bu jarayonda O'zbek filologiyasi fakulteti professor-o'qituvchilarining xizmatlari borasida o'z fikrlarini bayon etdi.

Anjumanda ff.d.,prof.v.b. A.O'razboyev, f.f.n., dots.A.Primov,  f.f.n., dots.I.Ismailov, dots. S.Matkarimova, Xorazm elining iste'dodli ijodkori Shoira Shams singari Yozuvchilar uyushmasi a'zolari o'z ma'ruzalari bilan qatnashib, Ogahiy ijodi va yangi nashrlari yuzasidan fikrlar bildirishdi.

Ilmiy-amaliy anjuman Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li Ogahiyning "Asarlar" to'plamining 2019/2023-yillarda nashr qilingan jildlari taqdimoti bilan davom etdi. Unda filologiya fanlari doktori, Ogahiyshunos olim A.O'razboyev "Muhammad Rizo Ogahiy - jahoniy siymo" mavzusida ma'ruza qildi.

Ulashish: