Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Mahorat darslari tashkil qilinmoqda


Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy ijod maktabi va Urganch davlat universiteti hamkorligi doirasida mazkur maktabda UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti  professor-o'qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil qilinmoqda.

Joriy yilning 2-fevral kuni UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi M.Otamuratova tomonidan 
"Abduvali Qutbiddin ijodida ramziylik" mavzusida mahorat darsi tashkil qilindi. 

Darsda o'zbek modern she'riyati bo'yicha ma'lumotlarga alohida to'xtalib o'tildi. Shuningdek, shoir asarlarining o'ziga xos xususiyatlari yuzasidan ahamiyatli fikrlar qayd qilindi.

Ulashish: