Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovining final soni bo'lib o'tdi


Bugun, 22-dekabr kuni talaba-yoshlarning kitobga bo'lgan mehrini yanada oshirish, kitobxonlik madaniyatini yoshlar orasida keng targ'ib qilish maqsadida an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovining final soni bo'lib o'tdi. Unda O'zbek filologiyasi fakulteti professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok qildi.

Tanlov Yangi yil bayramiga hamohang, yuqori saviyada tashkil etildi.  Tanlovda fakultetning 7 nafar talabasi 2 shart asosida o'zaro kuch sinashdilar.

Tadbir davomida Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 213-guruh talabalari tomonidan bayramona sho'x kuy-qo'shiqlar, raqslar, turli xil sahna ko'rinishlari namoyish etildi. 

Har bir shart hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholab borildi. Tanlovning final soni gʻoliblari anʼanaga binoan universitet rektorining qimmatbaho sovgʼasi – noutbukni qoʼlga kiritdilar. Gʼoliblarimiz va faol ishtirok etgan talabalar fakultet dekani, f.f.d., professor D.G'ayipov  tomonidan taqdirlandi.

Final gʼoliblari:
Madaminova Dilnura – O'zbek tili ta'lim yo'nalishi 211-guruh talabasi; 
Mutallapova Olesya – Rus tili ta'lim yo'nalishi 221-guruh talabasi. 

Ulashish: