Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Kafedra yig'ilish seminari o'tkazildi


Joriy yilning 30-yanvar kuni Urganch davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasida "O'zbek adabiyotini o'qitishning dolzarb muammolari" nomli ilmiy-nazariy hamda ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi.

Seminar yig'ilishida O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi doktoranti A.Otaboyev "Faqiriy ijodida she'riy san'atlar", kafedra o'qituvchisi D.Qo'ziyeva "Maktablarda Ogahiy ijodini o'qitishda interfaol metodlardan foydalanish" mavzularida o'z ma'ruzalarini bayon qildilar. 

Yig'ilishda O'zbek tili va adabiyoti kafedrasining professor-o'qituvchilari hamda tadqiqotchilari faol qatnashdi va mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Ulashish: