Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalarining yotoqxona bilan ta’minlanishi yuzasidan matbuot anjumani


Bugun, 10-fevral kuni Urganch davlat  universitetida keng jamoatchilik va OAV vakillari, blogerlar uchun Xorazm viloyatidagi  oliy ta’lim muassasalari talabalarining yotoqxona bilan ta’minlanishi yuzasidan matbuot anjumani hamda press-tur tashkil etildi.

Unda Urganch davlat universiteti, TTA Urganch filiali, TATU Urganch filiali,OʻzDXA Urganch filiali, Maʼmun universiteti hamda Urganch Ranch texnologiya universiteti singari Xorazm viloyatidagi davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarining bir guruh masʻullari ishtirok etib, OAV lari vakillari, blogerlarga oʻz oliy taʼlim muassasalarida talabalarni yotoqxona bilan taʼminlanishi, yaratilgan sharoitlar yuzasidan axborot berdilar. 

Matbuot anjumanida Xorazm teleradiokompaniyasining muhbirlari, UzA Milliy axborot agentligi muhbirlari, oliy taʼlim muassasalarining axborot xizmati rahbarlari hamda blogerlar savollar bilan ishtirok etdilar.

Ulashish: