Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



FAXRIY USTOZ TOZAGUL KALANDAROVA ULUG’ 70 YOSHGA TOʻLDI


Ayol qanchalik bilimli va salohiyatli bo‘lsa, u tarbiyalagan avlod ham shunday yetuk shaxs bo‘lib kamolga yetadi. Uzoq yillardan beri Urganch davlat universitetida samarali mehnat qilib, bugun yuzlab shogirdlari davrasida mehnati mevasidan zavqlanib yashayotgan faxriy ustozlarimizdan biri, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi katta o'qituvchisi Tozagul Kalandarovadir. 

Tozagul Kalandarova umrini ilmga, ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlab, obro‘-e’tibor, hurmat qozongan, shogirdlari qalbidan munosib joy olgan eng baxtli ayollardan biridir.  O’z faoliyati davomida “Qadriyatlar e’zozi”, “Pedagogik ijoddan-pedagogik mahorat sari” nomli mualliflik kitoblari nashr qilingan bo’lib, 2023-yilda “Mo’tabar ayol” ko’krak nishoni bilan mukofotlangan.

Bugun universitet Madaniyat saroyida ustozning ulug’ 70 yosh yubileyi munosabati bilan tantanali tabrik tadbiri tashkil etildi.
Unda Xorazm viloyati hokimligi  hamda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi vakillari, Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, viloyatimizning qator taniqli san'atkorlari, “Mehr-shavqat va salomatlik” jamoat fondi viloyat bo’limi hamda  “Olima ayollar” uyushmasi vakillari, Urganch davlat universiteti rahbariyati, bir guruh faxriy professor-o’qituvchilari, ustozning zamondosh doʻstlari, yaqinlari, shogirdlari hamda talabalar ishtirok etdilar.
Ustoz Tozagul Kalandarovaning tabarruk 70 yosh yubiley bayrami tadbirida fakultet jamoasi ham faol qatnashib, universitet O’quv ishlari bo’yicha prorektori S.Xodjaniyozov rektor B.Abdullayevning tabriknomasi va esdalik sovg’alarini topshirdi. 

Tadbirda so’zga chiqqanlar Tozagul Kalandarovaning hayot yo’li, mehnat faoliyati davomida qilib kelayotgan jonkuyarliklari, universitet o’quv va ilmiy jarayonlariga qo’shgan ulkan hissasi va insoniy fazilatlari haqida so’zlab, ustozga bo’lgan o’z minnatdorchiliklarini va samimiy tilaklarini izhor etishdi. Talabalarning sh’eriy chiqishlari, kuy-qo’shiqlari esa ustoz uchun ajoyib bayramona tuhfa bo’ldi.

 

Ulashish: