Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Omon Matjon ijodini tadqiq etishning dolzarb masalalari" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman va badiiy kecha bo'lib o'tdi


Joriy yilning 14-fevral kuni UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti tomonidan O'zbekiston xalq shoiri Omon Matjon tavalludining 81 yilligiga bag'ishlangan ilmiy-amaliy anjuman va badiiy kecha o'tkazildi.

Ilmiy-amaliy anjumanda ma'ruzachilar tomonidan Xorazm farzandi, inson qalbining turfa jilolarini rang-barang tashbeh va jozibali obrazlarda ifodalay bilgan iste'dodli shoir Omon Matjonning o'zbek adabiyoti rivoji yo'lidagi xizmatlari, shoir umr yo'li va ijodiy faoliyati, shoir she'riyatining badiiy qirralari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Anjuman O'zbek filologiyasi fakulteti o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 232-guruh talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy qism bilan davom qildi. Omon Matjonning "Haqqush qichqirig'i" asari asosida tayyorlangan sahna ko'rinish, shoir she'rlaridan namunalar, talabalar ijrosida diltortar qo'shiq va go'zal raqslar namoyishi tomoshabinlarda katta taassurot uyg'otdi.

Anjuman yakunida O'zbek filologiyasi fakulteti dekani, prof. D.G'ayipov Zahiriddin Muhammad Bobur va Omon Matjon tavalludi munosabati bilan barchani qutlab, ijodkorlar hayoti va ijodi yuzasidan o'z fikrlarini bayon qildi.

Ulashish: