Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"OLIMA AYOLLARNING TA'LIM VA ILM-FANDAGI YUTUQLARI" MAVZUSIDA ILMIY SEMINAR BO'LIB O'TDI


Bugun, 15-fevral kuni Urganch davlat universitetida 11-fevral – “Ilm-fandagi Xalqaro ayollar va qizlar kuni" munosabati bilan "Olima ayollarning ta’lim va ilm-fandagi yutuqlari" mavzusida viloyatimizdagi bir qator oliy ta’lim muassasalari olima ayollari ishtirokida ilmiy seminar tashkil etildi. 

Jumladan, viloyat "Olima ayollar" uyushmasi raisi, dots. M.Iskandarova, Oila va Xotin-qizlar boshqarmasi Urganch shahar bo'limi mutaxassisi N.Boboniyozova, TTA UF Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi F.Atajonova hamda UrDU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Sh.Nurullayeva ishtirok etib, hozirda o’z faoliyatlari davomida olib borayotgan imiy tadqiqot ishlari to’g’risida keng ko’lamli ma’ruzalar qilishdi.

Uchrashuv davomida talabalar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan amaliy choralar xususida so’z yuritilib, talabalar juda ko’p yangi va o’zlari uchun foydali bo’lgan ma’lumotlarni bilib olishdi.

Ulashish: