Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



SUDYA VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI


2024-yil 16-fevral kuni universitet talaba-yoshlarida korrupsiyaga qarshi murosasizlik hissini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi Z.Yakubov, sudya M.Maxmudov, sudya D.Muratovlar, shuningdek, UrDU rektor maslahatchisi R.Sharipov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i X.Shixova hamda universitetning barcha fakultetlaridan 250 nafar talaba ishtirok etdi. 

Tadbirda talaba-yoshlarning huquqiy madaniyatini yanada oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashishda qonunchilikdagi yangiliklar, sohaga oid qonun va qonunosti hujjatlari va ularning ijrosini taʼminlashda universitetda korrupsion holatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar haqida atroflicha soʻz yuritildi. 

Shuningdek, uchrashuvda sudyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi 419-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni va uning ijrosi borasida viloyatda amalga oshirilayotgan islohotlar, korrupsion holatlarni sodir qilganlik uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik tizimidagi soʻnggi oʻzgarishlar va ularning mazmun-mohiyati haqida talabalarga maʼlumotlar berildi. 

Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar va talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblarni oldilar.

Ulashish: