Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



BuxDU va UrDU hamkorligining yangi bosqichi


Urganch davlat universiteti “Mevachilik va Sabzavotchilik” kafedrasi mudiri Sadullayev Sanjar Madiyarovich, “Fizika” kafedrasi mudiri Qutliyev Uchqun Otaboyevich, “Oziq ovqat texnologiyasi” kafedrasi mudiri Ibadullayev Bazar Mambetovich, Ta’limni kredit tizimini boshqarish va ma’lumotlar bazasini monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i Habibullayev Muxammad Habibulla o‘g‘li Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida UrDU delegatsiyasi universitetning Fizika-matematika fakulteti, Tabiiy fanlar fakulteti, Axborot texnologiya fakulteti, Agronomiya va biotexnologiya fakultetida professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar sohasida hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar hamda kelgusida bajarilishi ko‘zda tutilgan istiqbolli rejalar bilan tanishdilar.

Muhokamalar davomida hamkorlikda bajariladigan ishlar rejasi, xususan talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, o‘quv va ilmiy laboratoriyalardan hamkorlikda unumli foydalanish masalalari, birgalikda yangi avlod adabiyotlarini hamda Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar nashr qilish, mahalliy va xalqaro loyihalar tanlovlarida qatnashish, ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish kabi dolzarb masalalar bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Ulashish: