Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Vazir oʻrinbosari Urganch davlat universitetida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi


Ayni kunlarda Xorazm viloyatida xizmat safarida bo‘lib turgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov 19-fevral kuni Urganch davlat universitetida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Dastlab universitet rektori B.Abdullayev hamrohligida oliygohning Kimyoviy texnologiyalar fakulteti hududida joylashgan Xorazm innovatsion texnoparkida boʻldi. Bugungi kunda mazkur texnoparkda sutni qayta ishlash orqali 8 turdagi mahsulot, non mahsulotlarining 2 turi, qandolat mahsulotlarining esa 7 turi ishlab chiqilmoqda, tikuvchilik ustaxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. 
Shuningdek, ushbu fakultet hududida bunyod etilayotgan yangi talabalar turar joyining qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishdi. Quruvchilar bilan suhbatda boʻlib, qurilish loyihasi bilan tanishdi va quruvchilarga loyihani oʻz muddatida yakunlash masʼuliyatini yukladi. Qayd etilganidek, ushbu talabalar uyi barcha qulayliklarga ega boʻlib, 7 qavatli, 600 oʼringa moʼljallangan.
Tashrif doirasida S.Buzrukxonov universitetning 7-son talabalar turar joyida ham boʻlib, sharoitlar bilan tanishdi. Yashash xonalarining issiqligiga alohida eʼtibor qaratdi.  Ayni paytda yotoqxonada boʻlib turgan talabalarni suhbatga tortib, ularni qiynayotgan muammolari haqida soʻradi. Talabalarning o‘quv jarayonlari va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat hamda imtiyozlar borasidagi fikr-mulohazalarini tingladi.
Keyingi manzil ayni paytda universitetning asosiy hududida barpo etilayotgan yangi kutubxona hududi boʻldi. 5 qavatli, 1000 o‘rinli ushbu kutubxonaning loyihasini koʻzdan kechirdi. Mazkur bilimlar maskani shu yilning sentabr oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.  
Tashrif yakunida, universitet qozonxonasining ish faoliyatini ham borib koʻrdi.

 

Ulashish: