Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



TANIQLI SHOIR, TARJIMON, TADQIQOTCHI MATNAZAR ABDULHAKIM TAVALLUD TOPGAN KUN


Bugun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Ofarin” mukofoti sovrindori, taniqli shoir va tarjimon Matnazar Abdulhakim tavalludining 76 yilligiga bag'ishlangan adabiy, badiiy kecha bo'lib o'tdi.

O'zbek filologiyasi fakulteti tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda universitet rahbariyati, fakultet professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. 

Tadbirda Matnazar Abdulhakimning o'zbek adabiyoti rivoji yo'lidagi xizmatlari, shoir umr yo'li va ijodiy faoliyati, ijodkor she'riyatining badiiy jihatlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, O'zbek filologiyasi fakulteti o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 233-guruh talabalari tomonidan Matnazar Abdulhakim she'rlari asosida tayyorlangan sahna ko'rinish, shoir she'rlaridan namunalar, talabalar ijrosida diltortar qo'shiq va go'zal raqslar namoyish etildi.

Tadbir yakunida UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev va O'zbek filologiyasi fakulteti dekani, prof. D.G'ayipovlar  iste'dodli shoir Matnazar Abdulhakim tavalludi munosabati bilan barcha voha vakillarini qutlab, shoir ijodining o'ziga xos tomonlari yuzasidan o'z fikrlarini bayon qilishdi.

Shu bilan birga, O'zbek filologiyasi fakultetining O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlarining ota-onalari ham ushbu tadbirga taklif qilinib, fakultetning tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.

Ulashish: