Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



UrDUda maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi


Bugun Urganch davlat universitetida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Unda professor-o‘qituvchilar, talabalar va ishchi xizmatchilarning xavfsizligini ta’minlash, yong‘in va boshqa noxush holatlarda sohaviy xizmat xodimlarining birgalikda samarali harakatlanishini tashkil etish asosiy maqsad qilib belgilandi. 

Dastlab talabalarga sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarni oldin olish hamda favqulodda vaziyatlar yuz berganda to‘g‘ri harakatlanishlari bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tushuncha va tavsiyalar berildi. 

Shundan so‘ng, yongʻin va zilzila sodir bo‘lgan paytda talabalarning to’g’ri harakatlanishlari borasida taktik mashqlar amaliy tarzda ko’rib chiqildi.

Ulashish: