Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumida erishilgan kelishuvlarning samarasi oʻlaroq, 2024-yil 22-fevral kuni Xitoyning hamkor Lanchjou san'at va fan universiteti vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi.


Uchrashuvdan maqsad 2024-2025-yillarga moʼljallangan amaliy chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish, istiqboldagi vazifalarni belgilab olish. 

Lanchjou san'at va fan universiteti Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Zhou Jingchun va fakultet ma’sullari hamda Urganch davlat universitetidan Roman-german filologayasi kafedrasi mudiri G.Abdullayeva, Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri G.Rahimova, Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri S.Ro’zmetov hamda Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i E.Yo’ldashovlar ishtirokida tomonlar oʻzaro yo’nalishlar bo’yicha hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yish boʻyicha takliflarini ilgari surdilar.

Jumladan,  Lanchjou san'at va fan universiteti talabalari uchun rus tili kurslarini tashkil etish, bitiruvchilarni universitetning magistratura dastulariga jalb qilish, talabalar uchun yozgi va qishgi lagerlarni tashkil etish hamda Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida xitoy tilini ikkinchi til sifatida o’qitishni joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shu bilan birgalikda, universitet professor-o’qituvchilari uchun stajirovka va talabalari uchun amaliyot kurslarini tashkil etishga kelishib olindi.

Ulashish: