Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



UrDU rektori Xorazm viloyati Xiva va Bogʻot tumanlarining turistik salohiyatini oshirishga qaratilgan rejalar yuzasidan taqdimot qildi


23-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov huzurida bir qator oliy ta’lim muassasalarining biriktirilgan hududlarda turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari va kelgusidagi rejalari ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha 11 ta oliygohga biriktirilgan 30 ta tuman va shaharlarning tarixi, turistik obyektlari to‘g‘risida ma’lumotlar hamda o‘ziga xos xususiyatlari asosida 67 ta turpaket ishlab chiqilgan. 

Yig‘ilish davomida oliy ta’lim muassasalari rektorlari tomonidan 2024-yil bo‘yi hududlarda ilmiy konferensiyalar, festivallar hamda turistik obyektlarda talabalar amaliyotlarini amalga oshirilishi davom etishi bildirildi.

Jumladan, Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev ham universitetga biriktirilgan Xorazm viloyati Xiva va Bogʻot tumanlarining turistik  salohiyatini oshirishga qaratilgan 2024-yilda belgilangan vazifalar va rejalar yuzasidan taqdimot qildi. 

Qayd etish joizki, 2024-yilning dastlabki oylari, xususan, 5-9 yanvar kunlari Urganch davlat universitetida oʻtkazilgan “XXI asr algoritmi” xalqaro konferensiyada ishtirok etgan AQShning 6 nafar yirik matematik olimlari, 30 nafarga yaqin  turli hududlaridan kelgan doktorantlar, talabalar, qolaversa, 3-9 fevral kunlari tashkil etilgan Turizm maktabida Rossiyaning Udmurtiya davlat universiteti va Qozog'istonning X.Dosmuhamedov nomidagi  Atyrau universitetidan kelgan 14 nafar talaba va professor-o'qituvchilarning Xiva va Xorazm viloyatidagi boshqa koʻplab turistik obyektlar, qolaversa, Buxoro va Samarqand, Ayaz qalʼa singari mamlakatimizning qadimiy turistik hududlariga tashriflari amalga oshirildi.

Ulashish: