Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Bugun Urganch davlat universiteti rektori, prof. B.Abdullayev prof. A.Oʻrazboyev hamrohligida Jaloliddin Manguberdi harbiy-akademik litseyida boʻldi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi  PQ-184-sonli Qarori ijrosini taʼminlash, Urganch davlat universiteti hamda ushbu harbiylashtirilgan taʼlim muassasasi oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, oʻz navbatida litseyda tashkil etilgan UrDU Zakovat klubi faoliyati bilan tanishish, litsey kutubxonasi uchun zarur adabiyotlarni hadya qilish maqsadidagi mazkur tashrif doirasida litsey faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Rektor B.Abdullayev muassasa direktori I.Saidov hamrohligida litsey oʻquvchilari bilan suhbatda boʻldi. Shuningdek, litsey pedagog-xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazilib, unda oʻqituvchilarning ilmiy faoliyatiga koʻmaklashish, oʻquv-uslubiy adabiyotlar chop etishga yordamlashish borasida fikr almashildi.

Ulashish: