Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyiga tashrif


2024-yil 26-fevral kuni Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev rahbarligida universitetning bir guruh kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilari umumta’lim fanlaridan dars mashg‘ulotlarini tashkil qilishda ilg‘or pedagogik tajribalarni ta’lim jarayoniga tadbiq qilish maqsadida Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyiga tashrif buyurdilar.
 
Dastlab har ikkala taʼlim muassasasining masʼul vakillari ishtirokida yigʼilish oʼtkazilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PQ-184 sonli qarori bilan Urganch davlat universitetiga biriktirilgan mazkur harbiy akademik litseyga ilmiy-metodik jihatdan yordam ko‘rsatish boʼyicha zarur chora-tadbirlar muhokama qilindi va istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.

Shundan soʻng, master-klass darslari tashkil etildi hamda litsey sharoitlari bilan yaqindan tanishildi.

Ulashish: