Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universitetida CAMP-2 seminari bo'lib o'tdi


Bugun, 27-fevral kuni Urganch davlat universitetida Yevropa Ittifoqining ERASMUS-EDU-2022-CBHE dasturi doirasidagi “ECAMPUZ European World Talent Camp for Uzbekistan Scientists in Food Science and Technology” loyihasining CAMP-2 seminari bo’lib o’tdi. 

Unda CAMP-1 ishtirokchilari, Urganch davlat universiteti rahbariyati, Kimyoviy texnologiyalar fakulteti professor-o‘qituvchilari, doktorant, magistr va talabalari, viloyatda joylashgan oziq-ovqat sanoati vakillari ishtirok etishdi. 

Dastlab UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, loyihaning universitetdagi koordinatori va menedjeri Zafar Ibragimov loyiha mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib, seminar ishini ochib berdi. 

Seminarda Ispaniyaning Ekstremadura universiteti professori Jorge Ruiz-Carrascal,  Daniyaning Kopengagen universitetidan dots. Bekzod Khakimovlar oziq-ovqat mahsulotlarini tahlil qilish usullari va kimyometriya, mikrobiologiyasi, xavfsizligi, kimyosi hamda molekulyar gastronomiyasi haqida ma’ruza qilishdi.

ECAMPUZ – bu O‘zbekistonning olti hamkor oliy taʼlim muassasasi va Yevropa Ittifoqining nufuzli ikki oliy o‘quv yurti hamkorligi doirasida salohiyatni oshirish bo‘yicha uch yilga mo‘ljallangan qo‘shma Erasmus+ loyihasidir. oziq-ovqat fanining uchta muhim sohasini qamrab olishga mo'ljallangan va dunyoning uchta yetakchi tadqiqot guruhlarini o'z ichiga oladi:
oziq-ovqat mahsulotlarini tahlil qilish usullari va kimyometriya;
oziq-ovqat mikrobiologiyasi va oziq-ovqat xavfsizligi;
oziq-ovqat kimyosi va molekulyar gastronomiya.

Hozir CAMP-1 ishtirokchilarining ma‘ruzalari bo‘lib o‘tmoqda.

Ulashish: