Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Vazir Urganch davlat universitetining Texnika fakultetida bo‘ldi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov 2024-yil 27-fevral kuni Xorazm viloyatiga xizmat safari doirasida Urganch davlat universitetining Texnika fakultetida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 

Dastlab fakultet professor-o‘qituvchilari va doktorantlarining tegishli sohalar  bo‘yicha ilmiy-innovatsion loyihalari, ishlanmalari taqdimot qilindi. Vazir loyihalar bilan tanishish barobarida, ishlanmalarni amaliyotga tadbiq qilish borasida o‘zining tavsiyalarini berdi.

Fakultetda konstruktorlar va texnologlar tayyorlaydigan auditoriyalar tashkil qilish, mavjud laboratoriyalarni sertifikatlashtirish, xizmat ko‘rsatishni joriy etish borasida topshiriqlar berdi. 

Shuningdek, fakultetning Avtomobillarni elektr va elektron tizimlari, Mashina detallari, Qishloq xo‘jaligi texnikasi, Transport tizimlari singari laboratoriyalarida bo‘lib, u yerda mashg‘ulot olib borayotgan talabalar bilan suhbatda bo‘ldi. Fakultet Axborot - resurs markazining sharoitlarini borib ko‘rdi. 

Ulashish: