Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Vazir Urganch davlat universiteti talabalar turar joyida boʻldi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Urganch davlat universitetining 5-son talabalar turar joyida boʻldi.

Vazir yotoqxonada talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, yoshlarning boʻsh vaqtlarini qanday oʻtkazayotganlarini koʻzdan kechirdi. Talabalar uchun yaratilgan qulayliklarga eʼtibor qaratdi. Vazirga UrDU rektori B.Abdullayev tomonidan universitet talabalarining yotoqxona bilan taʼminlanishi va yaratilgan sharoitlar yuzasidan maʼlumotlar berildi. 

TTJdagi yashash xonalari, dars xonalari, kutubxona, kompyuter xonasi, maʼnaviyat xonasi, oshxonalar koʻzdan kechirildi. Imkoniyati cheklangan yoshlar uchun mavjud sharoitlar va maxsus xonalarga eʼtibor qaratildi. 

Vazir yoshlarning boʻsh vaqtlarini unumli oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan turli yoʻnalishdagi toʻgaraklar faoliyati bilan tanishib, u yerdagi talabalar bilan muloqot qildi.  Talabalarning muammolari bilan qiziqdi, kelajak maqsadlari va qiziqishlari haqida soʻradi. Talabalar tomonidan IT va boshqa sohalarda tanlovlarni koʻproq oʻtkazish takliflari berildi.

Samimiy muloqotda talabalar yurtimizda yoshlarga qaratilgan eʼtibor va imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

Ulashish: