Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Registratsion ofis: Urganch davlat universiteti tajribasi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Urganch davlat universitetining 5-oʻquv binosida ham boʻldi. Binoda universitet talabalariga yanada qulaylik yaratish maqsadida yangi joriy  etilgan tizim, Akademik mobillikni muvofiqlash va talabalar bilan ishlash bo'limi: Registratsion ofis faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Boʻlim uchun ajratilgan xonaning sharoitlari va yangi tizimning vazifalari vazirning eʼtiborini tortdi. Boʻlim faoliyatining samaradorligi, afzalliklari hamda talabalarga qanday xizmatlar koʻrsatilishiga qiziqar ekan, ushbu tizimni Respublikamizning boshqa oliy taʼlim muassasalarida ham tadbiq qilish lozimligini taʼkidladi.

Shuningdek, mazkur oʻquv binoda joylashgan Fizika kafedrasiga qarashli oʻquv laboratoriya xonalari bilan yaqindan tanishdi. 

Ulashish: