Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"KITOBXON TALABA" KO'RIK-TANLOVINING ILK SONI BO'LIB O'TDI


Bugun kitobxonlik madaniyatini yoshlar orasida keng targ'ib qilish maqsadida an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovining 2024-yildagi ilk soni bo'lib o'tdi. Unda O'zbek filologiyasi fakulteti professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok qildi.

 Tanlov O'zbek tili ta'lim yo'nalishi talabalari uchun Ahmad A'zamning "Ro'yo yoxud G'ulistonga safar" romani, Rus tili ta'lim yo'nalishi talabalari uchun Lev Tolstoyning "Tirilish" (Воскрексение) asarlari bo'yicha tuzilgan shartlar asosida olib borildi va unda fakultetning 10 nafar talabasi 2 shart asosida o'zaro kuch sinashdilar.

 Tadbir davomida Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 231-guruh talabalari tomonidan taqdimot, sahna ko'rinishi, kuy-qo'shiq va go'zal raqslar namoyish etildi.

Har bir shart hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholanib, yakunda tanlov g'oliblari fakultet dekani, professor D.G'ayipov tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

 

Tanlov natijalari bilan tanishing:

O'zbek tili ta'lim yo'nalishi bo'yicha:

1-o'rin: 211-guruh talabasi Rahimova Gulnoza;

2-o'rin: 216-guruh talabasi Sotimboyeva Ra'no;

3-o'rin: 222-guruh talabasi Sultonova Nafosat.

 

Rus tili ta'lim yo'nalishi bo'yicha:

1-o'rin: 221-guruh talabasi Ataxonova Yulduz;

2-o'rin: 222-guruh talabasi Rajabova Shahina;

3-o'rin: 221-guruh talabasi Atajonova Dinora.

 

Ulashish: