Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



FAXRIY USTOZLARIMIZNING YUBILEYI MUNOSABATI BILAN TANTANALI TADBIR TASHKIL ETILDI


Ustoz va muallim Hayot bo‘stonidagi niholning daraxtga aylanishi uchun beminnat xizmat qiladilar. Yoshlarni ma’naviy yetuk va barkamol inson qilib tarbiyalashda tabarruk ustoz va murabbiylarimizning o‘rni beqiyosdir. Ustoz-u muallimlar ma’naviyat osmonida musaffo ziyo taratib turgan yo‘lchi yulduzdir, qaysiki, ular tufayli odamlar to‘g‘ri yo‘lni topadilar, ularning sharofati bilan jaholat zulmatlaridan omonlik qirg‘og‘iga yetishadilar. 

Abdurahmon Jomiy aytganlaridek:
Jahonda bo‘lmasa muallim agar,
Hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar.

Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida uzoq yillardan beri faoliyat olib borayotgan faxriy ustozlar Ozod Bekmetov, Muhabbat Ishmuratova hamda Oltinoy Botirovalar umrini ilmga, ko’plab talaba-yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga bag‘ishlab, obro‘-e’tibor, hurmat qozongan, shogirdlari qalbidan munosib joy olgan mo’tabar insonlardir.

Bugun universitet Madaniyat saroyida ustozlarning ulug’ yoshni qarshilaganlari munosabati bilan tantanali “To’rt avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi.

Unda Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev, prorektorlar, universitetning bir guruh faxriy professor-o’qituvchilari, Xorijiy filologiya fakulteti jamoasi, har uchala ustozlarning zamondosh doʻstlari, yaqinlari, shogirdlari hamda talabalar ishtirok etdilar. Ustoz Ozod Bekmetov, Muhabbat Ishmuratova hamda Oltinoy Botirovalarning nomiga o’zining iliq fikrlari bilan universitet rektori B.Abdullayev nutq so’zlab, ustozlarni samimiy qutladi, universitet o’quv va ilmiy jarayonlariga qo’shgan ulkan hissalari uchun tashakkur bildirdi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar ustozlarning hayot yo’li, mehnat faoliyati davomida qilib kelayotgan jonkuyarliklari va insoniy fazilatlari haqida so’zlab, o’z minnatdorchiliklarini va samimiy tilaklarini izhor etishdi. Uchrashuvda talabalar ham ustozlarga bag’ishlab she’rlar o’qib, musiqiy chiqishlar namoyish etishdi.

Ulashish: