Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Xorijiy filologiya fakultetida “Xorazm qizlari” badiiy kechasi tashkil etildi


Bugun, 5-mart kuni Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Xorijiy filologiya fakulteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasining 2301-Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati guruhi talabalari tomonidan “Xorazm qizlari” badiiy kechasi tashkil etildi.

Dastlab fakultet dekani Z.Jumaniyozov tadbirni ochib berib, barcha ayol-qizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy tabrikladi. Tadbirda talabalar tomonidan vohamizning urf-odatlarini aks ettiruvchi turli sahna ko’rinishlari, milliy raqs hamda bahoriy kuy-navolar ijro etilib, barchaga xush kayfiyat ulashdi. 

Tadbir yuqori saviyada o’tkazilib, unda faol ishtirok etgan talaba-qizlarga faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alari taqdim etildi.

Ulashish: