Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Yosh notiqlar" ko'rik-tanlovining ilk soni bo'lib o'tdi


Joriy yilning 6-mart kuni UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti tomonidan an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Yosh notiqlar" ko'rik-tanlovining 2024-yildagi ilk soni ayollarimizning bahor va nafosat bayramiga hamohang tarzda tashkil etildi.

Tanlovda fakultetning 5 nafar talabasi 2 shart asosida o'zaro kuch sinashib, notiq mahoratlari namoyish etdilar. O'zbek tili ta'lim yo'nalishi 234-guruh talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar esa tadbirga bayramona ruh ulashdi.  Tanlov natijalarga ko'ra, 222-guruh talabasi Ro'zmetova Zahro 1-o'ringa munosib deb topildi. 

Tadbir yakunida fakultet dekani D.G'ayipov jamoani "8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami bilan tabriklab, g'olib va faol talabalarga Diplom va esdalik sovg'alarini topshirdi.

 

Ulashish: