Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



AYOL-QIZLARIMIZ BAYRAMONA KUTIB OLINDI


Go‘zallik va nafosat bayrami hisoblangan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga ham juda oz fursat qoldi. Urganch davlat universitetida esa bayram kayfiyati allaqachon boshlab yuborildi. Bugun barcha fakultetlarning o‘quv binolari bayramona bezatilgan holda ayol-qizlarimizni faol talaba-yigitlar tabrik va sovg‘alar bilan kutib olishdi.   

Bunday eʼtibordan mamnun bo‘lgan professor-oʻqituvchilar, xodimalar hamda talaba-qizlar yaxshi kayfiyat va yoqimli tabassum bilan kunni boshladilar. Nozik qalb sohibalarining go‘zal yuzlariga mana shunday betakror kulgilar yarashadi. 

Qadrli ayol-qizlarimizga yaxshi kayfiyat nafaqat bahor faslida balki, yil davomida hamroh bo‘lishini tilab qolamiz. Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz ayollar!

Ulashish: