Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Ayol – go‘zallik, nafosat, sadoqat va baxt timsoli!


Bugun 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Urganch davlat universitetida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Unda UrDU  rektori B.Abdullayev universitetda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni bahoriy bayram bilan samimiy qutladi. 

Darhaqiqat, ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos boʻlib kelmoqda.

Tantanali tadbir avvalida oliygohda faoliyat yuritayotgan ayol pedagog va ishchi xodimalarga universitet ravnaqi yoʻlida qilayotgan mehnatlari va yoshlarga berayotgan bilimlari uchun faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari  topshirildi. 

Bayramona tadbir “Musiqa taʼlimi” kafedrasi o‘qituvchisi I.Karimov dirijyorligida Orkestr jamosi ijrosidagi goʻzal kuy-qoʻshiqlar, talabalarning sheʼriy chiqishlari va raqslari bilan yanada fayzli davom etdi. 

 

Ulashish: