Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



8-mart - “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev tabrigi


Assalomu alaykum muhtarama opa-singillar!

Avvalo, yurtimizga tashrif buyurgan yasharish, yangilanish fasli bo‘lgan bahor bayrami bilan barchangizni muborakbod etaman.

Bahor faslining avvalida butun dunyo bo‘ylab Xotin-qizlar kunini nishonlash yaxshi an’anaga aylangan. Bunda ham, albatta, ramziy ma’no-mazmun bor. Zero, tabiatning uyg‘onishi, yangi hayot nafasining ufurishi hayotimizga go‘zallik, qalblarimizga mehr-muhabbat olib kiruvchi ayollarimizning bayrami bilan hamohang.

Shu qutlug‘ ayyom –  8-mart  -  “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan jamiki yurtimiz ayollarini, qolaversa, jamoamizdagi muhtarama opa-singillarimizni, talaba-qizlarimizni chin dildan muborakbod etaman.

Ayol millat kelajagi, hayot davomchisi. Xotin-qizlar eʼzozlangan va qadrlangan yurtning buguni va ertasi farovon boʻladi. Shu jihatdan keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini, gender tenglikni taʼminlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ular uchun yangi ish oʻrinlari yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash davlat siyosatini ustuvor yoʻnalishiga aylandi.

Mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning ogʻirini yengil qilish, masʼuliyat va salohiyatini roʻyobga chiqarish, tadbirkor opa-singillarimizga manzilli koʻmak berish, ularning bandligini taʼminlash kabi koʻplab muhim vazifalar koʻndalang qoʻyilganligi jamiyatimiz ayollari yana bir pogʻona yuksakka koʻtarilganidan dalolat beradi.

Moʻtabar va munis ayollarimiz!

Yana bir borbahor va go'zallik bayrami - "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan Siz azizlarga eng samimiy tilaklarimni bildiraman. Oilamizga quvonch, hayotimizga go'zallik olib kiruvchi onalarimiz, opa-singillarimiz baxtimizga sog'-omon bo'lsinlar. Bahoriy go'zallik hamda ko'rkamlik sizni umr bo'yi tark etmasin.

Baxrom Abdullayev
Urganch davlat universiteti rektori, professor.

Ulashish: