Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



REKTOR OLIMPIADA G’OLIBLARI BILAN UCHRASHDI


Xabar berganimizdek, Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti talabalari Turkmanistonning Ashxabod shahrida bo’lib o’tgan IV Xalqaro fan olimpiadasida matematika bo'yicha munosib ishtirok etib, 2 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza medalni qo′lga kiritishdi.

Shu munosabat bilan, bugun 11-mart kuni UrDU rektori Baxrom Abdullayev  olimpiada g’oliblari va ularning ustozlari bilan uchrashib, samimiy suhbat qurdi va ularning yutuqlari bilan muborakbod etib, taassurotlari haqida soʻradi. 

Rektor g’olib talabalarni va ularning ustozlarini munosib rag’batlantirib, navbatdagi xalqaro olimpiadalarga ham puxta tayyorgarlik ko'rishlari lozimligini taʼkidladi va bundan-da yuksak marralar va katta zafarlarga erishishlarini tiladi. Qunt bilan chuqur bilim olib, universitetimizning, qolaversa, yurtimizning matematika boʻyicha nufuzini oshirishda kuch-gʻayrat va shijoat tiladi. 

Ulashish: