Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Ta’lim-tarbiya maslahatchilari bilan uchrashuv o'tkazildi


Bugun Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev universitetda faoliyat olib borayotgan 80 nafar ta’lim-tarbiya maslahatchilari bilan uchrashdi.

Shuningdek, uchrashuvda universitet birinchi prorektori D.Ibodullayev, rektor maslahatchisi R.Sharipov hamda barcha fakultetlarning yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari ham ishtirok etdi.

Rektor tyutorlarning faoliyati, talabalarning taʼlim jarayonlaridagi ishtiroki, darslardagi davomatini muntazam nazorat qilish, universitet ichki-tartib qoidalari va Odob-axloq kodeksiga rioya qilinishi, talabalar turar joyida hamda ijarada istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoiti doimiy ravishda o'rganib borish borasida atroflicha so’z yuritdi. Talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida zarur tavsiyalar berdi.

 

Ulashish: