Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI


Bugun UrDU rektori Baxrom Abdullayev, birinchi prorektor D.Ibodullayev va Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozovlar ushbu fakultetning 1-kurs talabalari bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda bugungi kunda taʻlim sohasidagi jadal islohotlar, yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar Urganch davlat universiteti misolida qayd etilib, talabalarni ushbu sharoitlarga munosib tarzda chuqur bilim olishga chaqirdi. Universitet ichki tartib-qoidalariga qatʼiy amal qilish, salomlashish odobi borasida toʻxtaldi. Darslarga oʻz vaqtida kelish uqtirildi. Talabalarning muammolari, taklif va tashabbuslari so'raldi.

Shuningdek, uchrashuvda KQK “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i H.Shihova ham ishtirok etib, korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, korrupsiyaga qarshi kurashish va shu turdagi jinoyatlarni sodir etilishining oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar haqida maʼlumot berdi.

 

Ulashish: