Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI" DAVOM ETMOQDA


Bugun UrDU rektori B.Abdullayevning birinchi prorektor D.Ibodullayev va Kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekani Sh.Kuramboyevlar hamrohligida navbatdagi uchrashuvi ushbu fakultet talaba-yoshlari bilan bo’lib o’tdi. 

Samimiy va ochiq muloqot tarzidagi uchrashuvda universitetda yoshlar uchun yaratilgan ko’plab imkoniyatlarga birgina Kimyoviy texnologiyalar fakulteti misolida ta’kidlanib, talabalar ulardan unumli foydalanishga chaqirildi. Universitet ichki tartib-qoidalariga qatʼiy amal qilish va darslarga oʻz vaqtida kelish uqtirildi. Talabalarning muammolari, taklif va tashabbuslari so'raldi.

Uchrashuvda KQK “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i H.Shihova ham ishtirok etib, universitetda "Korrupsiyasiz soha" loyihasi bo'yicha qilinayotgan chora-tadbirlar, ta'limda ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, manfaatlar to'qnashuvini oldini olish haqida soʻz yuritdi.

Ulashish: