Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Universitet rektori TTJ dagi talabalar bilan muloqot olib bordi


Kuni kecha Urganch davlat universiteti talabalar turar joylarida yashayotgan talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularning holidan xabar olish maqsadida universitet rektori Baxrom Abdullayev yotoqxonalardagi talabalar bilan muloqot olib bordi.

Xususan, oliygohning asosiy hududidagi 1,2,3,4,5-sonli TTJ larida bo'lib, universitet birinchi prorektori D.Ibodullayev, rektor maslahatchisi R.Sharipov hamrohligida uchrashuvlar o'tkazdi.

Yashash, dars qilish, ma'naviyat xonalari, oshxonalar hamda sport uchun mo'ljallangan xonalarda mashg'ulotlar bilan band talabalar bilan samimiy muloqot qilindi. Ularni qiynayotgan muammolari, kamchiliklar haqida so'raldi. O'z navbatida, talabalar rektorning yotoqxonada bir oqshom mehmon bo'layotganidan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

 

Ulashish: