Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



OLIY TAʼLIM ISLOHOTLARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, YUTUQLAR MAVZUSIDA OCHIQ MULOQOT O’TKAZILDI


Bugun, 14-mart kuni Urganch davlat universitetida “Oliy taʼlim islohotlari: muammolar, yechimlar, yutuqlar” mavzusida viloyatimizdagi OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda UrDU Oʼquv ishlari boʼyicha prorektori S.Xodjaniyozov, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor D.Ibadullayev hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Ibragimovlar tomonidan muloqot ishtirokchilariga yurtimizda oliy ta’lim muassasalarida o’quv jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar, yoshlarga zamonaviy talablar asosida sifatli ta’lim berish, ular uchun yaratilgan sharoitlar Urganch davlat universiteti misolida etirof etilib, universitetda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

Muloqotda Xorazm MTRK muhbirlari hamda media sohasiga qiziqishi baland bir guruh talabalar ishtirok etib, oʼzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Ochiq va samimiy muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuv davomida ishtirokchilar universitet rahbariyati a’zolariga o’zlarining taklif va tashabbuslari bilan murojaat qilishdi. O’z navbatida, universitet rahbariyati ushbu takliflarni qoʼllab-quvvatlab, mazkur takliflarni amalga oshirishda talaba-yoshlarni hamkorlikka chaqdirdi.

 

Ulashish: