Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



REKTOR VA YOSHLAR


Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevning navbatdagi uchrashuvi  14-mart kuni Tabiiy va qishloq xoʻjaligi fanlari fakultetining 1-kurs talabalari bilan boʻlib oʻtdi. 

Unda birinchi prorektor D.Ibodullayev va fakultet dekani oʻrinbosari U.Doʻschanov ishtirok etdi. Dastlab rektor talabalarni muborak Roʻzayi Ramazon oyi hamda kirib kelayotgan Navroʻz ayyomi bilan samimiy qutladi.

Shundan soʻng, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati yanada yuqori bosqichga koʻtarilgani, yoshlarning oʻz iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotgani, xususan, universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida toʻxtalib oʻtildi. Universitet ichki tartib-qoidalariga qatʼiy amal qilish va darslarga oʻz vaqtida kelish uqtirildi. Talabalarning muammolari, taklif va tashabbuslari so'raldi. 

Talabalar oʻz fikr-mulohazalari bilan faol qatnashdilar.

Ulashish: