Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"NAVOIYXON TALABA" KO'RIK-TANLOVINING ILK SONI BO'LIB O'TDI


Joriy yilning 14-mart kuni UrDU O'zbek filologiyasi fakultetida so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy ijodini, boy adabiy merosini chuqur oʻrganish, uning asarlari mazmun-mohiyatini teran anglash maqsadida universitet talabalari ishtirokida anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan "Navoiyxon talaba" ko‘rik-tanlovining 2024-yildagi ilk soni bo'lib o'tdi.

Tanlov 3 shart asosida ishtirokchilar orasidagi oʼzaro savol-javob va bahs-munozaralarga boy tarz kechdi. Badiiy qism Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 235-guruh talabalarining chiqishlari, Navoiy asarlari asosida tayyorlangan sahna koʻrinishi hamda Navoiy ijodiga mansub gʻazallarga bastalangan kuy-qoʻshiq va go'zal raqslar bilan yanada jonli tus oldi.

Ulashish: