Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Xorijda malaka oshirib qaytgan oʼqituvchilar harbiylashtirilgan litseyda master-klass oʼtishdi


14-mart kuni Urganch davlat universitetining chet elda malaka oshirib qaytgan oʻqituvchilari Xorijiy filologiya fakulteti “Roman-german filologiyasi” kafedrasi o'qituvchisi X.Matmurodov va Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti “Iqtisodiyot” kafedrasi o'qituvchisi S.Allayorovlar Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyida boʻlib, litsey oʻquvchilari bilan uchrashuv oʻtkazishdi.

Xorijda olgan bilim va tajribalarini oʻrtoqlashib, xalqaro va Respublika fondlari, "El-yurt umidi" jamg'armasining imkoniyatlari bo'yicha  ma'lumotlar berishdi. Bugungi kunda UrDUning xalqaro hamkorlik yutuqlari, talaba va professor-o'qituvchilar mobilligi haqida to'xtaldilar. 

Ma'lumot o'rnida, X.Matmurodov Italiyaning Padova universiteti va Sloveniyaning Primorska universitetlarida malaka oshirgan. S.Allayorov esa 2021-2023-yillarda Vengriyaning Szeged universitetining magistratura dasturida tahsil olgan.

 

Ulashish: