Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari ham boshlab yuborildi


Urganch davlat universiteti “Yashil makon” umummilliy loyihasi dasturi boʻyicha bahor mavsumida 3000  tup daraxt oʻtkazish reja qilingan boʻlib, hozirda ushbu rejani bajarish ishlari boshlab yuborildi.  Jumladan, bugun universitetga 200 tup qayragʻoch (gujum) koʻchati ekish uchun keltirildi.

Reja boʻyicha hozirga qadar universitet hududiga 300 ta yapon saforasi, 200 ta qayragʻoch, 300 ta terak, 100 ta catalpa, 100 ta pavloniya, 100 ta jiyda, 400 ta shark tuyasi singari jami 1 500 tup koʻchat ekildi. 

Bu jarayonda universitetning ishchi-xodimlari, barcha fakultetlari va koʻngilli talaba-yoshlar faol qatnashmoqda.

Xususan, bugun Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozov boshchiligida “Fakultetlararo chet tillar” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan o’zlariga ajratilgan universitet hududida turli manzarali ko’chatlarni ekish ishlari olib borilmoqda. 

Ushbu ekilayotgan navlar va parvarishlanayotgan daraxtlar nafaqat universitet hududiga ko’rk qo’shadi, balki atrof-muhit havosini tozalab berish uchun ham xizmat qiladi.

Ulashish: