Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Yusuf Vazir Chamanzaminli nomidagi Ozarbayjon-O’zbekiston do’stlik markazida kitob taqdimoti bo’lib o’tdi


Bugun Urganch davlat universitetidagi Yusuf Vazir Chamanzaminli nomidagi Ozarbayjon-O’zbekiston do’stlik markazida Mammad Said O’rdubodiyning “Qilich va qalam” tarixiy romani hamda Ozarbayjon xalq maqollari kitoblarining taqdimoti o’tkazildi.

Taqdimotda O’zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi vakili Karimmulla Mamatzoda hamda O’zbekiston-Ozarbayjon do’stlik jamiyatining ijrochi direktori, professor Erkin Nuriddinovlar ishtirok etishdi.

Mehmonlarni O'quv ishlari bo’yicha prorektor S.Xojaniyozov hamda O'zbek filologiyasi fakulteti dekani D.G’ayipovlar iliq qarshi olishdi va o'zaro samimiy suhbat qurishdi.

Aytish joizki, fakultet professor-o’qituvchilari, magistr va talabalari ham taqdimotda faol qatnashib, ushbu kitoblar haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo’lishdi.

 

Ulashish: