Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Osh sayli"


Bugun, 24-yanvar kuni Kimyoviy texnologiyalar fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida "Osh sayli" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.  

Unda 17 ta qozonda talabalar tomonidan osh pishirildi. Fakultet professor-o‘qituvchilari va tyutorlaridan iborat hay‘at a‘zolari tomonidan tayyorlangan o‘zbek milliy taomi oshlar munosib baholandi va g‘oliblar aniqlandi. 

Ahamiyatlisi shundaki, ayniqsa, o‘g‘il bolalar tomonidan tayyorlangan palovlar yuqori baholanib, e‘tirof etildi. 

Tanlov yakunida fakultet dekani Sh.Kuramboyev tomonidan g‘olib talabalar Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Ulashish: