Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Ilmiy-uslubiy seminar


Bugun, 4-aprel kuni O'zbek filologiyasi fakulteti “O'zbek tilshunosligi” kafedrasi mudiri A.Primov raisligida ilmiy-nazariy va ilmiy-uslubiy seminar bo’lib o’tdi.

Unda kafedra professor-oʻqituvchilari, doktorant va magistrlar ishtirok etdi.  Seminar yig’ilishida kafedra doktoranti M.Atabayevaning “Amaliy san’at leksikasida kashtachilik terminlarining tutgan o’rni”, o’qituvchi N.Sa’dullayevaning “Xorazm shevalarining o’ziga xos lisoniy qirralari haqida” mavzularida ilmiy-nazariy maʼruzasi, shuningdek, dots. Sh.Alimovaning “Xorijliklarga o’zbek tili o’qitishning ahamiyati” hamda magistrant D.Rajabovning “O’zlashmalarning yasalishi” mavzularida ilmiy-uslubiy ma’ruzasi tinglandi.  

Seminar yig’ilishida kafedra professor-o'qituvchilari va tadqiqotchilar faol qatnashib, ilmiy mavzular yuzasidan fikr-mulohazalar bildirishdi.

Kafedraning ilmiy-uslubiy seminarlari har haftaning Payshanba kunlari davom etadi. 

 

Ulashish: