Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Qiz bola gigiyenasi va salomatligi" mavzusida davra suhbati


????3-aprel kuni 2 va 4-sonli TTJ talabalari ishtirokida Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Sh.Nurullayeva, Sport va san'at fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi  B.Shomurodova, Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi X.Raximova, hamshira hamda tarbiyachi pedagoglar tomonidan "Qiz bola gigiyenasi va salomatligi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
 
????Suhbatda yoshlar orasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, shaxsiy gigiyena va to'g'ri ovqatlanish qoidalariga rioya qilish hamda sog'lik garovi bo'lgan sport bilan muntazam shug'ullanish to'g'risida fikr va mulohazalar yuritildi.
 
Uchrashuv yakunida qiz bola gigiyenasi, odob-axloq qoidalari hamda muomala madaniyati bo'yicha  viktorina o’tkazildi va g’oliblar munosib taqdirlandi.

Ulashish: