Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



O'zbek tili va adabiyoti kafedrasida navbatdagi ilmiy-uslubiy seminar o'tkazildi


Joriy yilning 26-mart kuni Urganch davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasida "Adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari" nomli ilmiy-nazariy hamda "O'zbek adabiyotini o'qitishning dolzarb muammolari" nomli ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi.

Seminar yig'ilishida dotsent I.Ismailov "Maktablarda aruz vaznini o'qitish usullari", kafedra magistrantlari S.Agajonova "Xoliyor Safar hikoyalarida ayol xarakteri va ruhiyati talqini", T.Xaitboyeva "Abdulla Qahhor dramalarida XX asr ijtimoiy muammolarining yoritilishi" mavzusida ma'ruza qildilar. 

Seminarda O'zbek tili va adabiyoti kafedrasining professor-o'qituvchilari hamda tadqiqotchilari faol qatnashdi va ma'ruzalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Ulashish: