Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



O'zbek tili va adabiyoti kafedrasida ochiq darslar tashkil qilinmoqda


Joriy 27-mart kuni O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti B.Rahimova tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 211-212-213-guruh talabalariga "Yangi o'zbek adabiyoti tarixi" fanidan ochiq ma'ruza mashg'ulot o'tkazildi. 

Ma'ruza "Mirtemir va Zulfiya ijodi" mavzusida bo'lib o'tdi. Mashg'ulot davomida O'zbekiston xalq shoiri, o'zbek she'riyati taraqqiyotida katta o'rin tutgan ijodkor Mirtemir hayoti va ijodi, shuningdek, taniqli o'zbek shoirasi Zulfiya Isroilovaning o'ziga xos she'riyati yuzasidan qimmatli fikrlar bildirildi. Dars mavzusi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash orqali mustahkamlandi. 

Darsda kuzatuvchi sifatida O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti N.Jumaniyozova va kafedra o'qituvchilari S.Gulimmetova hamda M.Otamuratovalar ishtirok qildi.

Ulashish: