Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Navbatdagi ilmiy-uslubiy seminar o'tkazildi


Joriy yilning 2-aprel kuni Urganch davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasida "Adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari" nomli ilmiy-nazariy hamda "O'zbek adabiyotini o'qitishning dolzarb muammolari" nomli ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi.

Seminar yig'ilishida dotsent H.G'ayipova "Umumta'lim maktablarida Navoiy lirikasini o'qitish usullari", kafedra magistranti M.Hamroyeva "Navoiy musammatlarida tajnis san'ati" mavzusida ma'ruza qildilar. Seminarda O'zbek tili va adabiyoti kafedrasining professor-o'qituvchilari hamda tadqiqotchilari faol qatnashdi va seminar mavzulari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Ulashish: